So’nggi yangiliklar

22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0

23 jan 09:56
Yangiliklar

Velosport

Velosportchilarimiz Osiyo chempionatiga tayyorgarlikni davom ettirmoqdalar

Teglar :  Velosport
Xabar berib o'tganimizdek, joriy yilning 14 yanvar kuni velosport bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi va murabbiylar shtabi BAAga o'quv- yig'in mashg'ulotlari o'tkazishga jo'nab ketishgandi.

Hozirda Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasi bilan o'tkazilayotgan qo'shma o'quv-mashg'ulot yig'inlari qizg'in tus olmoqda. 

Mazkur o'quv-mashg'ulot yig'inlari doirasida sportchilarimiz amirliklarda o'tkaziladigan "Tur SHardja" Xalqaro turnirida ham ishtirok etishlari belgilangandi. Sergey Lagutin boshchilik qilayotgan mashg'ulotlarda terma jamoamiz azolaridan Ruslan Karimov, Murodjon Xolmurodov, Dilmurod Siddiqov, Nikita CHernov, Marat Sulyaev, SHomansur Abdumannapov, Semyon Sevastyanov, Roman SHukurov, Danil Evdokimov, Aleksey Fomovskiy, Diana Adelshinova xamda Olga Jantuganovalar ishtirok etishmoqda. 

Eslatib o'tamiz, 2017 yil 21 dekabr kuni O'zbekiston hamda Birlashgan Arab Amirliklari velosiped sporti federaciyalari o'rtasida o'zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash bo'yicha imzolangan bitimga asosan mazkur qo'shma o'quv-mashg'ulot yig'inlari BAA velosiped sporti federaciyasi taklifiga ko'ra o'tkazilmoqda.  

Delegaciya rahbari, O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi ijrochi direktori Rustam Nurtdinovning takidlashicha mazkur qo'shma yig'in ikki tomonlama imzolangan memorandumda belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo'yicha ilk qadam bo'lgan. - “O'zbekiston velosiped sporti tarixida birinchi marotaba biz qo'shma o'quv-yig'in mashg'ulotini o'tkazmoqdamiz va musobaqalarga puhta tayyorgarlik ko'rmoqdamiz” - deb qo'shimcha qildi bu borada Rustam Nurtdinov.  

SHuningdek, O'zbekiston va BAA velosiped sporti federaciyalari o'rtasidagi kelishuvga asosan o'zbekistonlik qizlar amirliklarning "Al-Asyal" ayollar velojamoasi tarkibida o'z mahoratlarini toblash imkoniga ega bo'lishadi. Jumladan, 4 yanvardan 6 fevralga qadar davom etayotgan o'quv-mashg'ulotlar yig'inida terma jamoamiz azolari Ekaterina Knebeleva hamda Renata Baymetovalar mazkur jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etishmoqda. 

Yig'in doirasida sportchi qizlarimiz Abu-Dabi shahrida o'tkazilgan "Liwa Cycling Challenge 2018" sport musobaqasida qatnashishga ham ulgurishdi. Unda Ekaterina Knebeleva 104 km masofani 2:55:01 daqiqada bosib o'tib, 2-o'rinni egalladi. Renata Baymetova esa yuqoridagi masofani 3:01:44 daqiqada bosib o'tib, marraga beshinchi bo'lib etib keldi. 

Mazkur o'quv-yig'in mashg'ulotlari joriy yil fevral oyida o'tkaziladigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik bosqichini vazifasini o'tab beradi. Malumot uchun, Osiyo chempionati 16-20 fevral kunlari Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida velosportning trek yo'nalishida o'tkaziladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing