13 iyu 18:14
Yangiliklar
Velosport
Velosportchilarimiz Osiyo chempionatini 5 ta medal bilan yakunlashdi
6-12 may kunlari Qozog'istonning Olma-Ota shahrida velosportning shosse yo'nalishi bo'yicha kattalar va yoshlar o'rtasida Osiyo chempionati o'tkazildi.
Unda O'zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etdi. Sportchilarimiz musobaqada jami 5 ta medal qo'lga kiritishdi: 1 ta oltin, 4 ta kumush.
Musobaqada sovrindor bo'lgan sportchilar bilan tanishing:
Ayollar elita toifasida yakkalik poygasida:
Oltin:
Olga Zabelinskaya;
Kumush:
Yanina Kuskova.
Elita toifasida mikst-eftafeta bahslarida:
Kumush:
Murodjon Xolmurodov, Daniil Evdokimov, Begzod Raximboev, Olga Zabelinskaya, Yanina Kuskova, Margarita Misyurina).
Yoshlar o'rtasida mikst-eftafeta bahslarida:
Kumush:
Alimardon Jamoliddinov, Muxriddin Safarov, Begzod Baxodirov, Samira Ismoilova, Viktoriya Polzunova, Madina Davronova.
Yosh qizlar o'rtasida yakkalik dasturida:
Kumush:
Samira Ismoilova.
Havola :
Manba : velosport.uz
Fikrlar