So’nggi yangiliklar

13:08Мирра Андреева мавсумдаги иккинчи WTA 500 турнири бош совринига эга чиқди 0 12:47Фьюри агар Жошуага қарши жанг ўтказилмаса, яна кетиш билан таҳдид қилди 0 12:26UFC Оқ уйдаги байрам турнирининг расмий постерини намойиш этди + ФОТО 0 12:05Суперлига. Бугун 7-тур давом эттирилади 0 11:44Белал Муҳаммад: "Чимаев ва Коста UFC камари учун жанг қилади" 0 11:23Даниэль Кормье: "Қандай қилиб бир оёқда чемпионликни қўлга киритиш мумкин?" 0 11:02Азамат Мурзакановга илк мағлубиятни тақдим этган Пауло Коста узр сўради 0 10:41Италияда ҳали ҳам ЖЧ-2026`га бориш имконияти бор экан 0 10:20Монте-Карло "Мастерс" бош соврини ва миллион доллар кимга насиб этди? 0 09:59Тайсон Фьюри: "Менга мактаб ўқувчилари қизиқ эмас!" 0 09:38"Номзодлар турнири". Синдаровни тарихий натижадан ярим очко ажратиб турибди 0 09:17"Интер" Комода ҳақиқий камбэк қилди: 0:2 ҳисоби 4:3 га айланди! 0 08:56Жаҳон чемпионатининг иккинчи куни уч нафар спортчимизга мухлислик қиламиз 0 08:35Олимпиада чемпиони 11 июль куни UFC’да дебют қилади 0 08:14Таэквондо WТ бўйича Жаҳон чемпионатининг очилиш маросими бўлиб ўтди ФОТОРЕПОРТАЖ 0

23 iyu 06:41
Yangiliklar

Velosport

Velosportchilarimiz Osiyo chempionatini 8 ta medal bilan yakunlashdi

Hindistonning Nyu-Deli shahrida velosportning trek yo'nalishi bo'yicha Osiyo chempionati o'z yakuniga etdi.

18-22 iyun kunlari o'tgan musobaqada terma jamoamiz vakillari 8 ta medal qo'lga kiritishdi.

CHempionatning yakuniy kuni Indira Gandi arenasida Farruh Bobosherovning g'alabasi sharafiga davlatimiz madhiyasi yangradi. Yoshlar o'rtasida ochkolar bo'yicha guruh poygasi dasturida kechgan bellashuvlarda hamyurtimiz raqiblarini katta farq bilan ortda qoldirishga erishdi.

Yigitlar, ochkolar bo'yicha guruh poygasi (U-20)

1. Farrux Bobosherov (O'zbekiston) – 74 ochko

2. Li Sungyonu (Koreya Respublikasi) – 24

3. Yumnam Birdjit (Hindiston) – 23

SHuningdek, bugungi bellashuvlarda Asal Rizaeva omnium, Nafosat Kozieva hamda Yanina Kuskova juftligi medison dasturida bronza medallariga sazovor bo'lishdi. SHu tariqa, velotrek bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi qita birinchiligini 1 ta oltin va 7 ta bronza medallari bilan yakunladi.

Oltin medal

Farrux Bobosherov – yoshlar o'rtasida ochkolar bo'yicha guruh poygasi


Bronza medallari

Yanina Kuskova – ayollar o'rtasida individual poyga

Sofiya Karimova – qizlar o'rtasida ochkolar bo'yicha guruh poygasi

Vladislav Troman – yigitlar o'rtasida omnium poygasi

Yanina Kuskova – ayollar o'rtasida ochkolar bo'yicha guruh poygasi

Sofiya Karimova – qizlar o'rtasida skretch dasturi

Asal Rizaeva – qizlar o'rtasida omnium dasturi

Nafosat Kozieva hamda Yanina Kuskova – ayollar o'rtasida medison, juftlik.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing