25 fev 08:03
Yangiliklar
Velosport

Velosportchilarimiz trek yo'nalishidagi Osiyo chempionatida hozirgacha 4 ta medal qo'lga kiritishdi
SHu kunlarda Malayziyaning Nilay shahrida velosportning trek yo'nalishi bo'yicha Osiyo chempionati o'tkazilmoqda.
Musobaqada ishtirok etayotgan O'zbekiston terma jamoasi so'nggi ikki kunda jami 4 ta medalga ega chiqdi.
Samira Ismoilova yoshlar o'rtasidagi bellashuvlarda omnium dasturida oltin, ochko yig'ish bahslarida esa bronza medalini qo'lga kiritdi.
Erkaklar o'rtasidagi omnium dasturida esa Dmitriy Bocharov eng yaxshi natijani qayd etib, termamiz hisobiga yana bir oltin medalni qo'shib qo'ydi. Ahamiyatlisi, o'zbekistonlik sportchi bu dasturda amaldagi Jahon chempioni, yaponiyalik Kazushige Kubokini ortda qoldirdi.
SHuningdek, yana bir tajribali velotrekchi Nafosat Kozieva kecha ochko yig'ish dasturida ishtirok etib, 19 ball bilan bronza medaliga ega chiqdi.
Havola :
Manba : velosport.uz
Fikrlar