12 iyu 08:50
Yangiliklar
Velosportchimiz xalqaro musobaqada shohsupaga ko'tarildi
Musobaqada ishtirok etgan “Tashkent city professional cycling team” jamoasi vakili ham shohsupaga ko'tarildi.
Turnirning ikkinchi bosqichi jamoamiz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. Unda yosh umidli sportchilarimizdan biri Akrom Sunnatov ikkinchi natijani qayd etdi. 71 km masofani tashkil etgan bosqich Ozarbayjonning SHusha hududidan o'tgan tog'li yo'llardan iborat bo'ldi.
Poygada Turkiyaning “Sakarya BB Pro Team” jamoasi sharafini himoya qilayotgan ozarbayjonlik taniqli sportchi Elchin Asadov birinchi o'rinni qo'lga kiritgan bo'lsa, Mo'g'uliston vakili kuchli uchlikni yakunlab berdi.
Ikki bosqichdan iborat musobaqada Ozarbayjon, O'zbekiston, Turkiya, Mo'g'uliston, Buyuk Britaniya, Ruminiya, Gruziya, Tojikistondan tashrif buyurgan jamoalar ishtirok etishdi. Terma jamoamiz vakillaridan tashkil topgan “Tashkent city professional cycling team” endi iyul-avgust oylarida Italiya, Turkiya va Belarusda o'tadigan musobaqalarga tayyorgarlik ko'radi.
Fikrlar