22 okt 17:09
Yangiliklar

Velotrek bo'yicha O'zbekiston kubogi qizg'in davom etmoqda
Musobaqaning ikkinchi kungi dasturida jamoaviy va chiqarib yuborish poygalari tashkil etildi.
Erkaklar o'rtasida jamoaviy poygada g'oliblar 4 km. masofada aniqlandi. Unda Artyom Talizenkov, Muhammad Salimov, Vladislav Troman, Davirjon Abdurahmonovdan iborat Surxondaryo jamoasi g'olib bo'ldi. Ushbu masofadagi ayollar bahsida Toshkent viloyati jamoasi o'z tarkibidagi Mohinabonu Elmurodova, SHahnoza Abdullaeva, Roksana Hikmatova, Olga Leyb kabi velosportchilarni jamlagan holda birinchi pog'onadan joy oldi.
Erkaklar o'rtasida chiqarib yuborish guruh poygasida Daniil Fyodorov, Vladislav Troman va Alimardon Jamoldinov g'olib va sovrindorlar qatoridan joy olgan bo'lsa, Nafosat Qo'zieva, Samira Ismoilova hamda Asal Rizaeva ayollar orasida sovrinli o'rinlarni egalladi.
Fikrlar