27 okt 09:07
Yangiliklar
Vena (ATP 500). Yannik Sinner mavsumdagi 4-sovriniga ega chiqdi
Dunyoning ikkinchi raketkasi hal qiluvchi final uchrashuvida ATP reytingida 4-o'rinni egallab turgan germaniyalik Aleksandr Zverevni uch set natijasiga ko'ra irodali tarzda mag'lubiyatga uchratdi - 3/6, 6/3, 7/5. Bu bilan Yannik tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanatini ham tiklab qo'ydi - 4:4.
Ikki soatu 28 daqiqa davom etgan bahsda ikkala tennischi ham bir xilda - 11 tadan eys zarbasini amalga oshirishdi. Bu italiyalik tennischining faoliyatidagi 22, mavsumdagi 4-sovrini bo'ldi. Sinner 2023 yilda ham Vena turnirida chempion bo'lgandi.
CHempion Yannik Sinner 500 reyting ochkosi va 511 835 evro mukofot puliga ham ega chiqdi. Zverev esa bir haftalik mehnatidan 330 ochko hamda 275 390 € ishlab oldi.

Fikrlar