25 okt 10:31
Yangiliklar
Tennis
Vena (ATP). Yannik Sinner qozog'istonlik tennischini to'xtatdi
Dunyoning ikkinchi raketkasi Yannik Sinner Avstriya poytaxti Vena shahrida davom etayotgan turnirning 1/2 finaliga chiqdi.
Italiyalik tennischi 1/4 finalda ATP reytingida 16-o'rinda borayotgan qozog'istonlik Aleksandr Bublikni ikki setda ham bir xil hisobda mag'lubiyatga uchratdi - 6/4, 6/4. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Yannik oldinda bormoqda - 5:2.
Etmish sakkiz daqiqa davom etgan bahsda Sinner 8, Bublik 9 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Italiyalik qo'shxatoga yo'l qo'ymadi - 0:4. Breyklar bo'yicha ustunlik g'olib tomonida bo'ldi - 2 ga 0. Bugun Yannik final chiptasi uchun turnirda uchinchi raqam ostida tasniflangan avstraliyalik Aleks de Minaurga qarshi kortga chiqadi.

Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar