13 iyu 18:39
Yangiliklar
Dzyudo
Vengriya Gran-prisi. Budapeshtda bronza uchun "o'zbek derbisi" bo'ladi
Budapesht shahrida dzyudo bo'yicha Gran-pri turkumiga kiruvchi nufuzli turnir davom etmoqda.
Etiborga molik jihati shundaki, -73 kg vazn toifasida bronza medal sohibini aniqlab beruvchi uchrashuvda ikki hamyurtimiz Hikmatulloh To'raev va G'iyosjon Boboev tatamiga chiqadigan bo'ldi.
Afsuski, To'raev yarim final bahsida kosovolik Akil Gjakovaga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Boboev esa bronza medali yo'lidagi ilk uchrashuvda perulik Alonso Vongni engdi. Endi Boboev bronza medali uchun To'raevnga qarshi bahs olib boradi. Har qanday holatda ham terma jamoamiz g'aznasi bitta bronza medaliga boyiydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar