21 iyu 11:03
Yangiliklar
VI BRIKS o'yinlarining navbatdagi kuni nechta medal qo'lga kiritdik?
Kompleks musobaqaning ortda qolgan kuni O'zbekiston delegaciyasi 1 ta kumush va 10 ta bronza medaliga boyidi. Finalga qadar mag'lubiyatsiz etib borgan yunon-rum kurashchimiz Mehroj Bahromov (-60 kg) kumush medal bilan taqdirlandi.
Yarim finalda mag'lubiyatga uchragan bokschilarimiz Feruza Kazakova (-52 kg), Sitora Turdibekova (-57 kg), Dilfuza Bekova (-63 kg) va Oltinoy Sotimboeva (-81 kg) bronza medaliga sazovor bo'lishdi.
Kumush medal:
Mehroj Bahromov (yunon-rum kurashi, -60 kg)
Bronza medallar:
Husniddin Olimboev (yunon-rum kurashi, -63 kg)
Nozimjon Boyqo'ziev (yunon-rum kurashi, -67 kg)
Jamol Jumaboev (yunon-rum kurashi, -72 kg)
Feruza Kazakova (boks, -52 kg)
Sitora Turdibekova (boks, -57 kg)
Dilfuza Bekova (boks, -63 kg)
Oltinoy Sotimboeva (boks, -81 kg)
Marjona Malikova, Umida Omonova, Abdumalik Abdusalomov, Saidakbar Saydalev (shaxmat, jamoaviy rapid)
Musa Aymuratov (qilichbozlik, sablya)
Muhammadyusuf Asranov (qilichbozlik, rapira)
SHu tariqa, musobaqaning sakkizinchi kungi bahslaridan so'ng O'zbekiston terma jamoasi 4 ta oltin, 14 ta kumush, 31 ta bronza medali bilan Rossiya, Belarus, Xitoydan so'ng to'rtinchi o'rinni egallab turibdi.
Fikrlar