08 noy 08:27
Yangiliklar
VI Islom Birdamligi o'yinlari. Bugun ilk kungi bahslarda 5 nafar dzyudochimizga muxlislik qilamiz
Birozdan so'ng start oladigan ilk kungi saralash bellashuvlarida erkaklar -60, -66, -73 kg, ayollar esa -48, -52, -57 va -63 kg vazn toifalarida tatamiga chiqishadi. Bugun terma jamoamizning 5 nafar azosi musobaqa medallari uchun bahslarga kirishadi.
Malumot uchun, 2022 yil Turkiyaning Konya shahrida o'tkazilgan V Islom Birdamligi o'yinlarida dzyudochilarimiz 6 ta oltin, 2 ta kumush, 5 ta bronza medali bilan dunyoning 56 ishtirokchi davlati orasida umumjamoa hisobida 1-o'rinni egallashgan edi.
Dzyudochilarimizning ilk davradagi uchrashuvlari:
-48 kg: Laziza Haydarova – Sila Ersin (Turkiya)
-52 kg: Muhayyo Axmatova – Selin Baba (Kamerun)/Zalika Hassan (Niger)
-57 kg: SHukurjon Aminova – Sondos Alsharif (Saudiya Arabistoni)/Erisa Brahimay (Albaniya)
-66 kg: Zamohshari Bekmurodov – Zeyd Raychin (Jibuti)
-73 kg: SHahram Ahadov – Abdulloh Hammad (Saudiya Arabistoni)

Fikrlar