17 noy 10:40
Yangiliklar
VI Islom birdamligi o'yinlari. Eron medallar jamg'arish bo'yicha bizga etib oldi
Medallar jamg'arish bo'yicha Turkiya terma jamoasi katta farq bilan peshqadamlik qilmoqda. Ularga hech kim eta olmasligi ham oydinlashdi. Turk qardoshlarimiz 58 ta oltin, 31 ta kumush, 23 ta bronza, jami 112 ta medalni qo'lga kiritib ulgurishdi.
Ikkinchi o'rin uchun kurash keskinlashdi. Eron delegaciyasi 16-oltin medalini qo'lga kiritib, terma jamoamizga etib oldi. Agar kecha taekvondochimiz Ozoda Sobirjonova finalda eronlik raqibasiga yutqazganida, forslar medallar jamg'arish jadvalida bizni ortda qoldirib 2-o'ringa ko'tarilib olgan bo'lar edilar. Eron 16 ta oltin, 15 ta kumush, 21 ta bronza medali bilan 3-o'rinni egallab turibdi.
O'zbekiston sport delegaciyasi ham Eronda bo'lgani singari jami 52 ta medal bor. SHundan 16 tasi oltin, 19 tasi kumush, 17 tasi bronza medallaridir. Kumush medallar ko'pligi hisobiga 2-o'rinni saqlab qoldik. Kuchli beshlikdan Misr va Qozog'iston terma jamoalari joy olgan.

Fikrlar