31 may 14:49
Yangiliklar
Dzyudo
Viloyat hokimi andijonlik dzyudochilarni munosib taqdirladi + FOTO
Xabaringiz bor, 25-28 may kunlari Termiz shahri kattalar o'rtasidagi O'zbekiston kubogi bo'lib o'tdi.
Unda Doniyor Yoqubov boshchiligidagi Andijon viloyati vakillari ham munosib ishtirok etishdi.
Murosasiz bellashuvlar yakunida andijonlik dzyudochilardan Zuhra Mamurjonova (52-kg) 1-o'rinni egallab, shohsupaning eng yuqorisiga ko'tarilgan bo'lsa, Maftuna Adhamova (57-kg) va Mashhura Azimova (48-kg)lar o'z vazn toifalarida kumush medalga sazovor bo'ldilar.
Viloyat hokimi SHuhratbek Abdurahmonov g'olib va sovrindorlarni g'alaba bilan qutlab, ularga munosib sovg'alar topshirdi. Sportchilarning kelgusi faoliyatlarida omad va zafarlar tiladi.
Havola :
Fikrlar