So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

16 mar 09:19
Yangiliklar

Tadbirlar

Viloyatlardagi sport federaciyalar faoliyati qayta ko'rib chiqiladi

Teglar :  MOQSportVazirlik
Milliy olimpiya qo'mitasida bir qator sport federaciyalari mutasaddilari ishtirokida yig'ilish o'tkazildi.

Uchrashuvda shuningdek, Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi boshqarma boshlig'i Nazirjon Xudoyqulovlar ham ishtirok etishdi. 

"Qilayotgan ishlarimizni bir tizimga solib olmagunimizcha, bunday yig'ilishlar hali ko'p tashkil etiladi. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan hamkorlikda katta ishlarni boshlaganmiz. O'z oldimizga katta rejalar qo'yganmiz. Oldimizdagi asosiy vazifalardan biri viloyatlarimizdagi sport federaciyalari bo'limlari ishini tartibga solib olishdir", - dedi MOQ Bosh kotibi.

Yig'ilishda Osiyo o'yinlariga ishlab chiqilgan strategiya hususida federaciya mutasaddilariga tushuntirish berildi. Unga ko'ra, yakkakurash sport turlarida MOQ sovrini uchun o'tkazilayotgan musobaqalarda yuqori o'rinlarni egallagan to'rt nafar sportchi bilan alohida ishlanadi. Ularning biri terma jamoaning asosiy azosi, qolganlar esa unga zaxira vazifasini bajaradi. Ular qatiy tartib asosida o'quv-mashg'ulotlar bazasida Jakartadagi Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik ko'radilar. 

Mutaxassislar bilan birga ularning tayyorgarlik rejasi ishlab chiqiladi. O'sha sportchilarning uyqudan uyg'onishdan tortib mashg'ulotlarigacha, ovqatlanishdan tortib dam olish vaqtigacha qatiy belgilab beriladi. Osiyo o'yinlarigacha shunday tartibda ishlanadi. Keyin esa Olimpiya o'yinlari uchun yangi strategiya ishlanadi. 

MOQ Bosh kotibi yakkakurash sport turlarida viloyat terma jamoalari o'rtasida MOQ sovrini uchun maxsus musobaqa tashkil qilinishi haqida ham aytib o'tdi. 

"Yakkakurash sport turlari bo'yicha har bir viloyatning o'z terma jamoasi shakllantiriladi. Ular o'rtasida Milliy olimpiya qo'mitasi sovrini uchun katta musobaqa bo'lib o'tadi. U haqiqiy shou ko'rinishida bo'ladi. Birinchi o'rinni qo'lga kiritgan jamoa yaxshigina mukofotlanadi. Bungacha faqat birinchi va ikkinchi raqamli sportchilarga etibor qaratilgan. Uchinchi va to'rtinchi raqamli sportchilar etibordan chetda qolib ketgan. Biz ularga ham imkoniyat bermoqchimiz. Tajriba shuni ko'rsatmoqdaki, to'rtinchi raqamli sportchi terma jamoaning birinchi raqamli azosini ham yutib qo'yishi mumkin. SHu sababdan ham ular o'rtasidagi raqobatni yo'lga qo'yamiz", - dedi Matchanov.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing