So’nggi yangiliklar

15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0 10:47Мессининг голи ва узатмаси "Интер Майами"га ғалаба келтирди + ВИДЕО 0 10:06Эркин курашчиларимиз Жаҳон чемпионатини медалсиз якунлашди 0 09:35Богдан Гусковнинг навбатдаги рақиби, жанг санаси ва манзили маълум + ПОСТЕР 0 09:04Усик кейинги жанги бўйича қарор қабул қилди ва рақибини айтди 0 08:23"Тоттенхэм" "Реал" ва "Барселона"га Порронинг нархини эълон қилди 0

26 fev 12:47
Yangiliklar

Boks/MMA

Virjil Ortic: "Men hech qachon hech kim bilan jangdan qochmaganman"

Super yarimo'rta vazn toifasida amerikalik WBC Interim chempioni Virjil Ortis sobiq WBA yo'nalishi chempioni Isroil Madrimov ustidan qozongan g'alabasiga izoh berdi.

— Bu sizning faoliyatingizdagi eng katta jang bo'ldimi?

"Men juda xursandman. Jangning shunday kechishi kutilgan edi. Men eng yaxshi bokschi ekanligimni bilardim. Barchaga hurmatni saqlagan holda aytaman. Biz bu jang qanday kechishini bilardik. U kuchli raqib. U dunyodagi eng yaxshi bokschilardan biriga mag'lub bo'lganidan keyin o'zining kuchli ekanini isbotlash maqsadida g'alaba qozonish uchun ringga chiqdi. Biz esa shunchaki bu vaznda eng zo'ri ekanligimizni va har kimga qarshi jang qilishga tayyor ekanligimizni ko'rsatmoqchi edik".

— Jang boshida siz Madrimovning tezkor harakatlariga duch kelishingiz aniq edi. Bu muammoni hal qilishning kaliti nimada edi?

"Sabr. Oldinga shoshilmang, zarbalar berishda ham shoshmang. Bu men boksda yillar davomida o'rgangan narsam – hammasini bitta zarbada sarflamaslik. Men aqlli bo'lishim va zarbalarni to'g'ri tanlashim kerakligini bilardim".

— Jangning ikkinchi yarmida u biroz asabiylashdi. O'sha paytda siz uchun nima muhim bo'ldi?

"Faqat xotirjam bo'lish, yonib ketmaslik. Men jang qilishni yaxshi ko'raman. Xotirjam bo'ling va eng yaxshisini bajaring".

— Endi siz shubhasiz bu vazndagi eng yaxshilardan birisiz. Endi nima qilmoqchisiz?

"Men faqat eng yaxshilariga qarshi jang qilmoqchiman. Turki kim bilan kelishsa, men "ha"deyman. Uning o'zidan so'rashingiz mumkin – ular nima deyishidan qatiy nazar, men hech qachon hech kimdan qochmaganman", dedi Ortis.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing