24 may 14:39
Yangiliklar
Boks/MMA
"Viskini tashla va mashg'ulotlarga kirish". Usman Makgregorga murojaat qildi
Sobiq UFC chempioni Kamaru Usman Konor Makgregorga javob qaytardi.
Avvalroq Konor Usmanni bekorchi deb atagandi.
"Menga "sen bekorchisan" deyishganida qandaydir muammolar kelib chiqadi. Ammo buni Konor Makgregor aytmoqda. Men unda qonun bilan bog'liq muammolar bo'lganida, janjallarga aralashganida, tanqid qilmaganman, u haqida negativ fikrlar aytmaganman. Bu haqida hech qaysingiz eshitmagansiz.
Bekorchi ekanligimga kelsak, kamar menda bo'lgan payti Konorda menga qarshi ikki marotaba jang qilish imkoniyati yuzaga kelgandi. U Maykl CHendler haqida o'ylashi kerak. U yigit qattiq shug'ullanmoqda. SHuning uchun Konor, viskini tashla va mashg'ulotlarga kirish. Hozir troll qiladigan vaqt emas", - dedi Usman.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar