29 iyu 18:14
Yangiliklar
Voleybol

Voleybol. JCH-2025. Guruhdagi so'nggi o'yinda Belgiyaga yutqazdik
Toshkent shahrida voleybol bo'yicha U-19 Jahon chempionati davom etmoqda.
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi guruhdagi so'nggi o'yinda Belgiya terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi va afsuski 0:3 (14:25, 16:25, 18:25) hisobida imkoniyatni boy berdi.
Bu orqali terma jamoamiz guruhda to'rtinchi o'rinni oldi. Endi vakillarimiz ertaga 1/8 finalda S guruhi g'olibiga qarshi bahs olib boradilar. Bu Ispaniya, Italiya yoki Eron terma jamoasi bo'lishi mumkin.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar