So’nggi yangiliklar

10:47Мессининг голи ва узатмаси "Интер Майами"га ғалаба келтирди + ВИДЕО 0 10:06Эркин курашчиларимиз Жаҳон чемпионатини медалсиз якунлашди 0 09:35Богдан Гусковнинг навбатдаги рақиби, жанг санаси ва манзили маълум + ПОСТЕР 0 09:04Усик кейинги жанги бўйича қарор қабул қилди ва рақибини айтди 0 08:23"Тоттенхэм" "Реал" ва "Барселона"га Порронинг нархини эълон қилди 0 07:42MMA юлдузларининг Мойкано - Нолан жангига муносабати: "Жангни ҳакам ютиб берди" 0 07:01"Алекс учинчи чемпионлик камарини қўлга кирита олади" - UFC собиқ чемпиони 0 22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0

13 apr 11:41
Yangiliklar

Boks/MMA

Volk yana chempion, Pimblett CHendlerni "buzib" tashladi. UFC 314 turnirining barcha natijalari bitta xabarda

Biroz avval AQSHning Florida shtati Mayami shahrida raqamlangan UFC turniri yakuniga etdi.

UFC 314 turniridan jami 13 ta jang o'rin olgan bo'lib, ularning 8 tasi muddatidan avval yakunlandi. Oqshomning asosiy jangida Aleksandr Volkanovski yarimengil vazn toifasidagi chempionlik kamarini yana o'ziga qaytarib oldi. Avstraliyalik 35 yoshli aralash yakkakurash ustasi besh raund to'liq davom etgan jangda braziliyalik Diego Lopesni ochkolar (48-47, 49-46, 49-46) hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratib, vakant bo'lib turgan chempionlik kamariga ega chiqdi. 

Turnirning co-main event jangi engil vazn toifasida o'tkazildi. Unda britaniyalik Peddi Pimblett sobiq Bellator chempioni, amerikalik Maykl CHendlerni uchinchi raundda texnik nokautga uchratdi. Pimblettning javobsiz zarbalaridan keyin referi Kerri Xetli jangni to'xtatishga majbur bo'ldi. 

Yana bir qiziqarli jangda sobiq Bellator chempioni, braziliyalik Patrisio "Pitbul" Freyre dunyoning eng kuchli ligasida debyutini o'tkazdi. U uch raund to'liq davom etgan jangda meksikalik Yair Rodrigesga hakamlarning yakdil qarori (27-30, 27-30, 27-30) evaziga taslim etdi. 

Asosiy kardni ochib bergan jangda esa yarimog'ir vazn toifasi vakillari - rossiyalik Nikita Krilov hamda amerikalik Dominik Reyes o'zaro to'qnash keldi. Birinchi raundning o'zida Reyes qarama-qarshi zarba orqali Krilovni nokautga uchratdi. 

SHuningdek, UFC 314 turnirida Jin Silva, Den Ige, Julian Erosa, Mixal Oleksiychuk, Marko Tulio va Nora Kornoll ham raqiblarini muddatidan avval mag'lubiyatga uchratdi.

UFC 314 turnirining barcha natijalari:

Aleksandr Volkanovski Diego Lopesni ochkolar hisobiga ko'ra engdi (48-47, 49-46, 49-46) – yarimengil vaznda vakant chempionlik uchun jang)

Peddi Pimblett Maykl CHendlerni 3-raundda texnik nokautga uchratdi – 3-raund, 3:07 (vaqt)

Yair Rodriges Patrisio Freyreni ochkolar hisobiga ko'ra taslim etdi (30-27, 30-27, 30-27)

Jin Silva Brays Mitchellni sabmishn evaziga yutdi – 2-raund, 3:52

Dominik Reyes pobedil Nikita Krilovni 1-raundda nokaut qildi – 1-raund, 2:24

Den Ige SHon Vudsonni texnik nokautga uchratda – 3-raund, 1:12

Virn Yandiroba Syaonan Yanni ochkolar hisobiga mag'lubiyatga uchratdi (30-27, 30-27, 30-27)

CHeyz Xuper Jim Millerni hakamlar qarori evaziga mag'lub etdi (30-27, 29-28, 29-28)

Julian Erosa Darren Elkinsni 1-raundda texnik nokaut bilan yutdi – 1-raund, 4:15

Mixal Oleksiychuk Sedrik Dyuma 1-raundda texnik nokaut bilan mag'lubiyatga uchratdi – 1-raund, 2:49

Su Mudaerji Mitch Rapozodan ochkolar bo'yicha ustun keldi (28-29, 29-28, 29-28)

Marko Tulio Treshin Gorni 2-raundda texnik nokaut bilan engdi – 2-raund, 3:16

Nora Kornoll Xeyli Koenni 2-raundda sabmish evaziga yutdi – 2-raund, 1:52

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing