14 apr 11:54
Yangiliklar
Boks/MMA

Volkanovski Evloev bilan jang qilishga tayyorligini aytdi
Yarimengil vazn toifasida UFC chempioniga aylangan avstraliyalik Aleksandr Volkanovski rossiyalik davogar Movsar Evloev haqida gapirdi.
"UFC 314 turniri davomida Yair Rodriges ajoyib chiqish qildi va men bilan titul uchun jang qilmoqchiligini aytdi. Yana bir mag'lubiyatsiz davogar bor — bu Movsar Evloev! Men uning rekordidagi nolni yo'qqa chiqarish istagidaman, lekin ko'ramiz, UFC'dagilar nima der ekan?", dedi Aleks musobaqadan keyingi matbuot anjumanida.
Volkanovski vakant kamar uchun jangda braziliyalik Diego Lopesni ochkolar farqi bilan mag'lub etdi.
Havola :
Manba : ufc.com
Fikrlar