23 mar 13:19
Yangiliklar
Boks/MMA
Volkanovski - Evloev jangini Oq uyda o'tkazish taklifi berildi
Movsar Evloev Leron Myorfini mag'lub etganidan keyin yarim engil vazn chempioni Aleksandr Volkanovskining kamariga majburiy davogarga aylandi.
UFC sharhlovchisi Jo Rogan Movsarning jangiga qoyil qoldi va uni Oq uydagi bayram turnirida chempionlik imkoniyatini qo'lga kiritishi kerak, deb hisoblamoqda.
"Evloev juda tasirli ko'rinardi. Uning Myorfi bilan tik holatda jang qila olgani haqiqatan ham hayratlanarli. Umid qilamanki, UFC uni ortiq kuttirmaydi. Yigitga bir-ikki oy dam bering. Hozir faqat mart oyi. Oq uydagi turnir iyun oyida o'tkaziladi. Qani, olg'a! Bunga kard olovini qo'shing!", - dedi Rogan jangdan keyingi podkastining navbatdagi sonida.

Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar