15 iyu 17:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Volkanovski ham Jon Jonsni tanqid qildi
UFC chempioni, avstraliyalik Aleksandr Volkanovski UFC og'ir vazn chempioni Jon Jonsga murojaat qildi.
"Agar sen chempion bo'lsang, kamarni himoya qilishing shart. Bu sening masuliyating. SHunchaki chetda turgan bilan ish bitmaydi. Sen etarlicha faol bo'lib, har qanday raqibga qarshi jang qilishing kerak.
Jon Jonsga nisbatan hurmatsizlik qilmoqchi emasman. Hamma: "Uning qilgan ishlari ajoyib" deydi. Yo'q, unchalik ham emas. Divizionni to'xtatib turma. Men sening faoliyating qanday ekanligini bilaman. Sen barcha davrlarning eng zo'r jangchisi hisoblanasan. Ammo jang qilmoqchi bo'lmasang, unda nafaqaga chiq", -dedi Volkanovski.
Havola :
Manba : BJ Penn
Fikrlar