22 mar 17:33
Yangiliklar
Volkanovski Islam Maxachevni UFC tarixidagi eng buyuk jangchilar Top-5 ro'yxatiga kiritdimi?
"UFC tarixidagi top-5 jangchimi? Rostini aytaman: Demetrius Jonson. U necha marta chempionlik janglarida g'alaba qozonganini ham bilmayman. Odamlar engil vaznlarda raqobat qanchalik yuqori ekanini tushunishmaydi. Eng kuchli jangchilar aynan shu vaznlarda chiqish qiladi. Keyin Jorj Sen-Per.
Yana kim? Menimcha, Islam Maxachev bu ro'yxatga kirish uchun etarlicha ish qildi. Balki menda biroz subektivlik bordir, lekin Israel Adesanyani ham qo'shgan bo'lardim. U kimlarni mag'lub etganini eslab ko'ring — Robert Uittakerni uning eng yaxshi paytlarida ikki marta enggan. Albatta, Anderson Silva ham bor, u ham ajoyib natijalarga erishgan, va albatta, davrni ham hisobga olish kerak", — dedi Volkanovski MMA Mania’ga.
Fikrlar