17 fev 12:39
Yangiliklar
Boks/MMA
Volkanovski jamoasida Maxachevning aybini isbotlovchi hech qanday dalil yo'q
City Kickboxingʻning murabbiyi Evgeniy Beyrmanning aytishicha, Aleks Volkanovski jamoasida Islam Maxachev UFC 284 turniri oldidan taqiqlangan moddani qo'llagani haqida etarli dalillar yo'q.
"Bizda ishonchli malumotlar bor, biroq bu bir nechta sabablarga ko'ra etarli emas. Jang oldidan "kapelnica" olish haqiqatan ham mumkin, lekin 12 soatda 100 mldan oshmasligi kerak.
Bu hammasi odamlarning aniq 100 ml "kapelnica" olganiga ishonishga bog'liq. Bunga etibor qaratishimiz uchun asoslar etarli. SHuning uchun Aleks va boshqalar bu ishlarga kulishmoqda. Biz nimadir sodir bo'lishini bilamiz, lekin nima ekanligini aniq ayta olmaymiz.
Bu bizni xafa qiladi, chunki sportda teng sharoitda kurashish kerak. Agar jamoamdan kimdir taqiqlangan ish qilsa, men darhol bu odamni jamoadan uzoqlashtirgan bo'lardim", - dedi Beyrman.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar