14 sen 12:03
Yangiliklar
Volkanovski: "Konorga qarshi jang tashkil qilish qiziq bo'lardi"
"Men uchun Konor Makgregor haqida gapirish juda oson, chunki u yarimengil vazn toifasida bo'lgan. Men mag'lub etgan chempionlarni eslashimiz kerak. Yarimengil vazn toifasidagi barcha chempionlarni mag'lub etganman.
Yarimengil vaznda men jang qilmagan yagona chempion bu Konor Makgregor. Konor bilan eng yaqori sport formamda jang qilsam qiziqarli bo'lardi" - dedi Volkanovski.
Eslatib o'tamiz, Makgregor 2021 yil iyul oyida UFC 264 turnirida amerikalik Dastin Porega texnik nokaut evaziga mag'lub bo'lganidan beri musobaqalarda qatnashmadi.
SHundan so'ng irlandiyalik davolanishni boshladi va uni bir necha bor steroidlarni qo'llashda ayblashdi. Makgregor navbatdagi jangida amerikalik Maykl CHandler bilan to'qnashishi kutilmoqda.
Fikrlar