23 jan 19:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Volkanovski: "Maxachev Xabibning yo'qligini bahona qilmasligi kerak"
Yarim engil vazn toifasida UFC chempioni Aleksandr Volkanovski Islam Maxachev bilan jangda Xabib Nurmagomedov burchakda bo'lmasligi haqida fikr bildirdi.
"Barchasi bo'lib o'tgach, Maxachev Xabibning yo'qligini bahona qilmasligi kerak. Unga qo'lidan etaklab chiqadigan kimdir shart emas. Xabibning burchakda bo'lishi albatta ko'p jihatdan yordam bo'ladi. Maxachevni munosib chempion deb hisoblaymanmi? Yuz foiz, ha!", - dedi Volkanovski.
Eslatib o'tamiz, Maxachev va Volkanovski o'rtasidagi birlashtiruvchi jang 12 fevral kuni Avstraliyada, UFC 284 turniri doirasida o'tkaziladi.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar