23 dek 15:08
Yangiliklar
Boks/MMA
Volkanovski Maxachevga qarshi jangga tayyorgarlik qanday ketayotganini ko'rsatdi
UFCning yarimengil vazn toifasidagi chempioni Aleksandr Volkanovski Islam Maxachevga qarshi jang uchun tayyorgarlik qanday ketayotgani haqida gapirdi.
"Men qattiq mashg'ulotlar olib bormoqdaman. Bundan tashqari sparringlar vaqtida noqulay vaziyatlarga tushirishmoqda. Ammo charchagan vaqtimda ham shug'ullanishda davom etaman va meni mag'lub etish oson bo'lmaydi", - dedi Volkanovski.
Eslatib o'tamiz, Volkanovski va Maxachev o'rtasidagi birlashtiruvchi jang kelasi yil fevral oyida tashkil etiladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar