So’nggi yangiliklar

22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0

15 fev 19:30
Yangiliklar

Boks/MMA

Volkanovski Maxachevning zaif tomonlari borligini isbotladi. Ammo Xabibga ham bunday darajada qarshilik ko'rsatishmagan

Nokdaun va jarohatlangan yuz - bu tasdiq!

UFC 284 turnirida Islam Maxachev chempionlik kamarini himoya qildi - qiyin, ammo uddaladi. U xavfli yakuniga qaramay, ko'proq raundlarda ustunlikka erishdi.

Aleks Volkanovski ruhiy jihatdan g'alaba qozondi: ikki karra chempion bo'lmadi, lekin Maxachevning zaif tomonlarini ko'rsatib berdi.


Maxachev Xabib emas - dominantlik etarli emas. Volkanovski Islamning dominator imidjiga putur etkazdi

Jang oldidan Maxachev ishonchli favorit edi - ko'plab bukmekerlar unga 1,20-1,25 koeffitsient berishgan. Bu raqamlarning sabablari bor edi:

1. Volkanovski yangi vaznga ko'tarildi, bu har doim xavf tug'diradi. Bu engil vazn uchun juda kichik: Maxachevdan 10 sm pastroq va unchalik kuchli emas.

2. Islam - UFC'da mutlaq dominantlikni ko'rsatgan Xabibning izdoshi. U barcha janglarda asosiy favorit edi va faoliyatini yakunlaganidan so'ng bu obro' Maxachevga o'tdi.

Volkanovski ko'rsatdi: Maxachev yangi Xabib emas va barcha chempionlar kabi himoyasiz. Xabibning siri engilmaslik hissida. UFC'dagi faoliyati davomida u bor-yo'g'i ikki raundda mag'lub bo'ldi, divizionni tozalab chiqdi va nol mag'lubiyat bilan ketdi.


Maxachev yulduz emas; Xabibdan meros qolgan dominator obrazi uning asosiy xususiyatdir. Ammo Volkanovski buni yo'qqa chiqardi

Volkanovski Maxachevning kurashiga dosh berib, nokdaun holatiga tushirdi va yuzini jarohatladi.  Xabibda bunday darajadagi raqib yo'q edi.

 Volkanovskiy ustidan qozonilgan g'alaba Maxachevni eng yaxshi UFC jangchisiga aylantirdi, ammo zaif tomonlarini ko'rsatdi. U o'zini ajoyib kontr-pancher ekanligini takidladi, lekin u kutilganidan pastroq darajani ko'rsatdi. Uning fonida Volkanovskiy:

• Uning kurashidan himoyalanish mumkinligini ko'rsatdi. Bunda Xabibga hech kim yaqinlasha olmagan;

• Yuzini jarohatladi - gematoma hosil bo'ldi, yirtildi. Xabibning yuzida hech qachon bunday jarohatlar bo'lmagan;

• Uni yiqitdi va parterda zarbalar berdi. Maxachev 2015 yilda nokaut bilan mag'lub bo'lgan - bu hozir ham haqiqat;

• CHidamliroq edi. Beshinchi raundda Maxachev qutulib qoldi - Xabib hech qachon bunday holatga tushib qolmagan;

Maxachev uchun Xabib bilan solishtirilish juda katta bosimdir. Nurmagomedov Volkanovski darajasidagi jangchilar bilan jang qilmaganini hech kim eslamaydi. Konor, Pore, Getji grepplinggi kuchsiz jangchilar edi.

Volkanovski deyarli hech qanday zaif tomonlari yo'q haqiqiy universal jangchi. Engil vaznda salbiy tomoni gavda edi: u divizion uchun juda kichik ekanligini tan oldi. Lekin bu etakchilik va ustunlik qilish uchun etarli edi.


Sarvinoz Raxmonqulova tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

   
15 fev 20:41:41
CHELSEA2211
Aslida Alexsdan gʻalabani oʻgʻirlashdi...
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing