10 iyu 13:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Volkanovski: "Men har doim pul uchun jang qilganman"
Yarim engil vazn toifasida avstraliyalik UFC chempioni Aleksandr Volkanovski uni oktagonga chiqishga nima undashi haqidagi savolga javob berdi.
"To'g'risini aytsam, men har doim pul uchun, oilamni boqish uchun jang qilganman. Agar bu yuzga musht tushishini anglatsa, shunday bo'laqolsin, lekin men zarbalardan qochishga harakat qilaman. Men buni hech qachon meros uchun qilmaganman. Ha, bu oilam uchun imperiya qurishga yordam beradi, men uchun buning hammasi muhim. Lekin barchasi pulning ortidan bo'ladi", deydi Volkanovski.
Aleks so'nggi jangini shu yilning aprel oyida Diego Lopesga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra g'olib bo'lgandi. Uning hisobida 27 g'alaba va 4 mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : MightyCast
Fikrlar