21 mar 17:39
Yangiliklar
Boks/MMA
Volkanovski o'zi mag'lub bo'lgan jangni "eng sevimlisi" deb atadi
Avstraliyalik Aleksandr Volkanovski Islam Maxachevga qarshi birinchi jangini faoliyatidagi eng yoqimli deb atadi.
"Odatda inson o'z g'alaba qilgan jangini eng yaxshi deb o'ylaydi, ammo menda bunday emas. Mening eng sevimli jangim — Islam bilan birinchi jang. Biz chiqib, muxlislar xohlaganini berdik. Har ikkimiz barcha ko'nikmalarimizni namoyon qildik. Ayrim jangchilar juda kuchli bo'ladi, lekin ularni ochib beruvchi raqib topilmaydi. Islam men uchun aynan shunday raqib bo'ldi", — dedi Volkanovski.

Havola :
Manba : Red Corner MMA
Fikrlar