04 apr 08:37
Yangiliklar
Volkanovski Pereyra - Adesanya revansh jangiga taxmin bildirdi
"Menimcha, bu safar jang ertaroq tugaydi", - deya gaplarini boshladi avstraliyalik "Sky Sports" nashriga bergan intervyusida, - Izzi bu safar uchinchi raunddayoq "o'yin"ni tugatib qo'yadi. Nima sababdan uchinchi raund deyapman, bilmayman, bu shunchaki mening tanlovim.
To'g'risi, uning o'yinni erta tugatishiga ishonaman va buni sabrsizlik bilan kutaman. Tabiiyki, buni amalda isbotlash ham kerak. Jangga to'g'ri reja tanlansa, barcha ishlar yaxshi bo'lib ketadi va umid qilamanki, bu g'alaba unga katta xotiralar taqdim etadi".
Aleks Pereyra hamda Israel Adesanya o'rtasidagi revansh jangi 8 aprel kuni Mayamida o'tkaziladigan UFC 287 turnirining asosiy "bezagiga" aylanadi. Adesanya esa o'z intervyusida "qonli hammom" uyushtirishni istayotganini aytib o'tgandi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yilning noyabr oyida braziliyalik jangchi Israeldan kamarni tortib olgandi.
Fikrlar