11 apr 12:36
Yangiliklar

Volkanovski: "Topuriya bilan revansh katta voqelik bo'ladi. Ikkimiz ham chempionmiz"
"Men Topuriya engil vaznda chempionlik uchun davogarlik qilishi mumkin deb o'ylagandim. Ammo uning yarim engil vazndagi chempionlik kamaridan bunchalik osonlik bilan voz kechishi meni hayratga soldi. Menimcha, u kamarni saqlab qolishga urinib ko'radi. SHu bois, u qilgan ishi uchun faqatgina hurmatga sazovor.
Albatta, men Topuriya bilan revansh o'tkazishni xohlayman. Ammo, keling, avvalo unga engil vaznda o'zini ko'rsatish imkonini beraylik. Bu yigit 70 kg toifasidagi kamarni qo'lga kiritish uchun jiddiy bel bog'lagan.
Mening rejam — chempionlikni qo'lga kiritish. Agar Iliya qaytib, yarim engil vazn kamarini ham qo'lga kiritmoqchi bo'lsa, tasavvur qiling — ikkovimiz ham chempionmiz. Bunday holatda revanshimiz yirik voqelikka aylanishi mumkin”, — dedi Volkanovski.
Fikrlar