28 avg 11:53
Yangiliklar
Volkanovski UFC 333 oldidan Evloevni ogohlantirdi
Evloev va Volkanovski o'rtasidagi chempionlik jangi 24 oktyabr kuni Abu-Dabidagi UFC 333 turniri doirasida tashkil etiladi.
"U Leron Myorfiga qarshi jangda "stoyka"da kurashishga urindi va bu menga yoqmadi. Tushunaman, u hammani hayratda qoldirmoqchi bo'lgan.
Ko'ramiz, uning uslubi menga qarshi ish berarmikan. Menimcha, yo'q. Muxlislarni xursand qilish uchun men bilan "stoyka"da jang qilishga hatto urinma ham. Jang "stoyka"da o'tadi, chunki men shunday xohlayman. O'z rejang bilan chiq. Bu qiziq bo'ladi, chunki men seni jang qilishga majbur qilaman. Bu sening tanloving bo'lmaydi", — dedi Volkanovski.
SHu tariqa, chempion Evloevning taktikasiga shubha bildirib, jangda tashabbus o'z qo'lida bo'lishini takidladi.
Fikrlar