29 may 18:38
Yangiliklar
Boks/MMA

Volkanovskining Brayan Ortega bilan jang sanasi malum
Aleksandr Volkanovski va Brayan Ortega o'rtasidagi chempionlik jangining qachon o'tkazilishi aniq bo'ldi.
Bu haqida taniqli sharhlovchi Jo Rogan xabar qildi:
"Men buni aytayotganimda, balki menda muammolar paydo bo'lar, ammo bizning jangimiz sentyabrning boshida bo'ladi - 4 sentyabr kuni UFC 266 doirasida. The Ultimate Fighter shousini tasvirga olish jarayonida Brayan naqadar soxta yigit ekanligini bilib oldim.
O'zingiz ham shou davomida buni bilib olishingiz mumkin. U shunchaki yaxshi yigit rolini o'ynab yuradi. Uni juda oson o'qib oldim, jangda ham aynan shundan foydalanaman", - dedi Volkanovski.
Eslatib o'tamiz, ikki jangchi The Ultimate Fighter shousida bir jamoaga murabbiylik qilishadi. SHou yakunida esa ikki jangchi o'zaro jang qilishadi.
Havola :
Manba : Joe Rogan Podcast
Fikrlar