21 noy 17:15
Yangiliklar
Boks/MMA
Volkanovskining murabbiyi Maxachevning kurashish uslubi haqida gapirdi
Kreyg Jons Islam Maxachev haqida fikr bildirdi.
Yarimengil vaznda UFC chempioni, avstraliyalik Aleksandr Volkanovskining jiu-jiutsu bo'yicha murabbiyi Kreyg Jons engil vazn chempioni, rossiyalik Islam Maxachevning kurashi nima sababdan barchaga birdek muammo tug'dirishini aytdi.
"Menimcha, Maxachevning kurashi ananaviy jiu-jitsu bilan shug'ullanadigan yigitlarnikidan ancha ustundir. CHunki ular raqibni ushlab turishni bilishmaydi. Ular buni qanday qilish haqida tushunchaga ega emas. SHuning uchun biz Maxachevning odatda qiladigan ishini o'zgartirishimiz kerak bo'ladi. Volkanovski oyoqqa turish uchun to'rdan foydalanishni yaxshi o'zlashtirib ulgurdi", — dedi mutaxassis.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar