12 mar 11:20
Yangiliklar
Boks/MMA
Volkov keyingi jangini kimga qarshi o'tkazmoqchi ekanligini aytdi
Rossiyalik Aleksandr Volkov bugungi g'alabasidan so'ng navbatdagi jangi haqida gapirdi.
U UFC Fight Night 221 turniri doirasida moldovalik Aleksandr Romanovni 1-raundda texnik nokaut evaziga mag'lub etdi.
"Top-15 dagi barcha kuchli jangi. Biz ertami kechmi bir-birimiz bilan jang qilishimiz mumkin. Romanov bu yo'lda o'ziga bo'lgan ishonchni yo'qotib qo'ymasligini, yana harakat qilishini istardim.
Tuivasaga qarshi jangga qarshi emasman. Ammo birgina yomon tomoni, u ketma-ket mag'lub bo'lmoqda. Bu mening g'alabam qadrini tushurib yuborishi mumkin. Agar jang taklif qilishsa, Tuivasaga qarshi bahs olib borishdan xursand bo'laman. Ammo baribir Gan yoki boshqasi bilan ham revansh jang yomon bo'lmasdi", - dedi Volkov.
Havola :
Manba : UFC
Fikrlar