18 mar 18:09
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/30521_220.jpg)
Volkov sobiq UFC chempioni Fabrisio Verdumni nokautga uchratdi
Angliyaning London shahrida aalash qoidalar bo'yicha UFC Fight Night 127 turniri bo'lib o'tdi.
Oqshomning markaziy jangida og'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Fabrisio Verdum rossiyalik Aleksandr Volkovga qarshi oktagonga ko'tarildi.
Dastlabki ikki raund Verdum foydasiga hal bo'ldi. Uchinchi va to'rtinchi raundlarni Volkov o'z foydasiga hal qildi. Aynan to'rtinchi raundda rossiyalik sportchi raqibini muddatidan avval mag'lubiyatga uchratdi. Jangga qadar Verdum uchinchi, Volkov esa 7-o'rinni egallab turgan edi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar