10 sen 15:30
Yangiliklar
“Vuelta”. Frum 19-bosqich g'olibi, Kintana umumiy ro'yxat peeshqadami
Xavea – Kalp shaharlari oralig'idagi 37 kilometrlik qisqa masofada Kristofer Frum g'oliblikni qo'lga kiritdi. Britaniyalik velosportchi belgilangan masofani 46 daqiqayu 33 soniyada bosib o'tdi.
Ikkinchi o'rinni ispaniyalik Xonatan Kastrovexo egalladi. U peshqadamga 44 soniyani boy berdi. Kuchli uchlikka shveciyalik Tobias Lyudvigsson yakun yasadi. Umumiy ro'yxatda kolumbiyalik Nayro Kintana karvonboshilik qilyapti.
“Vuelta”. 19-bosqich
Xavea – Kalp. SHaxsiy poyga. 37 km
1. Kristofer Frum (Buyuk Britaniya, Sky) – 46,33
2. Xonatan Kastrovexo (Ispaniya, Movistar) – 0,44
3. Tobias Lyudvigsson (SHveciya, Team Giant – Alpecin) – 1,24
UMUMIY RO'YXATDA:
1. Nayro Kintana (Kolumbiya, Movistar) – 75.18,52
2. Kristofer Frum (Buyuk Britaniya, Sky) – 1,21
3. Alberto Kontador (Ispaniya, Tinkoff) – 3,43
Fikrlar