29 apr 16:52
Yangiliklar
Tennis
W100 Wiesbaden. Timofeevada startdayoq "sensaciya"
Germaniyaning Visbaden shahrida tennis bo'yicha mukofot jamg'armasi 100 000 dollarni tashkil etuvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
W100 Wiesbaden musobaqasida O'zbekistonning uchinchi raketkasi Mariya Timofeeva ham o'z omadini sinab ko'rdi. Biroz avval vakilamiz 1/16 final uchrashuvida germaniyalik Yoanna Brokmannga qarshi kortga chiqdi.
Afsuski, turnirda sakkizinchi raqam ostida tasniflangan Timofeeva reytingda o'zidan ancha quyida borayotgan raqibasiga imkoniyatni boy berib qo'ydi - 6/7(5), 2/6. Bir soatu 54 daqiqa davom etgan bahs davomida Mariyaga belidagi jarohati xalal berdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar