So’nggi yangiliklar

22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0

28 sen 15:42
Yangiliklar

Kikboksing

WAKO Prezidenti Milliy Olimpiya qo'mitasida mehmon bo'ldi

Teglar :  WAKO
Ayni kunlarda diyorimiz kikboksing bo'yicha Jahon kubogi bahslariga mezbonlik qilayotgani haqida malum qilgan edik.

Musobaqaning martabali mehmonlari — Jahon kikboksing associaciyasi (WAKO) Prezidenti Roy Beyker, XOQ tomonidan tan olingan xalqaro sport federaciyalari associaciyasi (ARISF) Prezidenti Rafaelle Kyulli O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasiga tashrif buyurishdi.

Mehmonlarni MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov qarshi oldi va ularga o'zbek sportining so'nggi yillarda erishgan ulkan yutuqlari xususida malumot berdi. Tomonlar ishtirokida kechgan uchrashuvda o'zaro hamkorlik masalasiga oid qator mavzular ko'rib chiqildi.

Suhbat davomida janob Beyker WAKO Xalqaro Olimpiya qo'mitasi tomonidan tan olingan sport turlaridan biri ekani, hozirda ushbu sport butun dunyoda jadal suratda rivojlanib borayotgani xususida to'xtalib o'tdi. Qolaversa, u Toshkent birinchi bor qabul qilayotgan Jahon kubogi ham yuqori saviyada o'tkazilayotganini qo'shimcha qildi.

O'z navbatida, Oybek Omilovich davlatimiz tomonidan barcha sport turlariga birdek etibor qaratilishi, kikboksing yoshlarimizning sevimli sport turlaridan biriga aylanib borayotganini takidladi. Janob Beyker 2 yil muqaddam yurtimizga tashrif buyurgan edi. MOQ Bosh kotibi mehmonga ushbu kichik davrda o'zbek sportida erishilgan katta yutuqlar haqida batafsil gapirib berdi.

Suhbat yakunida tomonlar hamkorlikning kelgusi qadamlarini ko'rib chiqish borasida fikr almashishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing