18 jan 07:32
Yangiliklar
WBA Jervonta Devisni qonun bilan bog'liq muammolari sabab "tatilga" chiqardi
Bu haqda BoxingScene nashri xabar bermoqda.
Qaror Florida shtatida Devisga qarshi ochilgan yangi jinoiy ish bilan bog'liq bo'lib, unda u kaltaklash, noqonuniy ozodlikdan mahrum qilish va sobiq sevgilisini o'g'irlashga urinishda ayblangan. Bu ayblovlar uning 2025 yil noyabr oyida Jeyk Pol bilan tijoriy jangi bekor qilinishiga olib kelgandi.
WBA prezidenti Xilberto Mendosa bokschining yangi maqomini tasdiqladi, bu uning to'rt yillik chempionlik hukmronligini amalda yakunladi. Associaciya ijroiya qo'mitasi tez orada bo'shab qolgan kamar uchun kimlar jang qilishini aniqlaydi. Reytingi eng yuqori bo'lgan ikki bokschi - Floyd Skofild va Lukas Baxdi ehtimoliy davogarlar hisoblanadi.
Jervonta "Tank" Devis o'z poziciyasini taqdim etishga haqli, ayniqsa, uning huquqiy holati oydinlashganda. U 2025 yil mart oyida kichik Lamont Rouch bilan durang natija qayd etganidan beri ringga chiqmagan.

Fikrlar