12 apr 10:18
Yangiliklar
Boks/MMA

WBA Joshuani Povetkin bilan muzokara boshlashgan chaqirdi
Butunjahon boks associaciyasi (WBA) WBA, IBF va WBO yo'nalishlari chempioni Entoni Joshua hamda uning jamoasini rasmiy davogar rossiyalik Aleksandr Povetkin bilan tezroq muzokara boshlashga undadi.
Bu malumot WBA rasmiy saytida ham chop etildi. Endi Joshuaning promouterlari rossiyalik bokschining jamoasi bilan muzokaralarni boshlaydi.
“Povetkin Kristian Xammerni mag'lubiyatga uchratib, Joshuaning chempionlik kamariga rasmiy va shu bilan birga majburiy davogarga ham aylandi.
Mavjud qoidalarga ko'ra Entoni endi WBA chempionlik kamarini himoya qilishi shart. Joshua jamoasi ixtiyorida 30 kun muhlat bor. Agar shu muddat ichida ular kelisha olmasa, biz jangga egalik huquqi yuzasidan ochiq aukcion elon qilishga majbur bo'lamiz”, — deyiladi tashkilot rasmiy bayonotida.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar