08 avg 12:36
Yangiliklar
Boks/MMA
WBA Murat Gassievning raqibini elon qildi. U mag'lubiyatsiz britaniyalik!
Butunjahon boks associaciyasi (WBA) rasmiy bayonot elon qilib, tashkilot chempionlik kamari uchun jang belgiladi.
Tashkilot ushbu yo'nalishda chempionlik kamari uchun majburiy davogar sifatida WBO Inter-Continental va WBA International kamarlari sohibi, mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan britaniyalik 21 yoshli Mozes Itauma (14-0, 12 KO) tayinlanganini malum qildi.
SHu tariqa, Mozes endi rossiyalik Murat Gassiev (33-2, 26 KO) egalik qilayotgan jahon chempionlik kamari uchun ringga ko'tariladi.
Eslatib o'tamiz, Itauma navbatdagi jangini 29 avgust kuni o'tkazadi. Uning raqibi 2016 yilgi Olimpiya o'yinlarining bronza medali sovrindori, xorvatiyalik Filip Xrgovich (20-1, 15 KO) bo'ladi. Ushbu qarama-qarshilikda og'ir vazn toifasidagi IBF kamari o'rtaga tikiladi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar