08 apr 10:59
Yangiliklar
Boks/MMA

WBA Murodjon Ahmadalievning himoya jangi uchun buyruq berdi, raqib amerikalik
WBA tashkiloti o'zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadalievning kamari uchun majburiy davogar nomini elon qildi.
Unga ko'ra, Ahmadaliev o'zining WBA kamarini Ronn Riosdan (33-3, 16 KO) himoya qilishi lozim. U so'nggi jangini 13 fevral kuni AQSHda Bektemir Meliqo'ziev bilan bir oqshomda Oskar Negretega qarshi o'tkazib, 10 raundlik jangda g'alabaga erishgandi.
Tomonlar 30 kun ichida, aniqrog'i 6 mayga qadar kelishib olishlari kerak bo'ladi. Agar kelishuv amalga oshmasa promouterlik savdolari o'tkaziladi.
Ahmadaliev esa 3 aprel kuni IBF yo'nalishidagi majburiy davogar Ryosuke Ivasani beshinchi raundda texnik nokautga uchratib, o'z kamarini muvaffaqiyatli himoya qilgandi.
Havola :
Manba : WBA
Fikrlar
Manabu saytdan kirib ko'ring
https://www.boxingscene.com/rankings