16 mar 08:25
Yangiliklar
WBA tashkiloti Otabek Xolmatovni majburiy davogar deb rasman elon qildi
Yarimengil vaznda o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi Otabek Xolmatov (11-0) WBA tashkiloti tomonidan majburiy davogar sifatida rasman elon qilindi.
Hamyurtimiz 5 mart kuni WBA Eliminator jangida britaniyalik Tomas Patrik-Uordni mag'lub etgan edi.
WBA tashkiloti yarimengil vazn chempioni Maurisio Laraga ihtiyoriy himoya jangini kimga qarshi o'tkazishi bo'yicha qaror qabul qilishi uchun 18 aprelga qadar muddat belgiladi. Agar Lara jamoasida bu muddat ichida siljish bo'lmasa, tashkilot Maurisio Lara va Otabek Xolmatov o'rtasidagi chempionlik jangiga buyruq berishi aytildi.
Malumot uchun, Otabek Xolmatov so'nggi jangidagi g'alabasidan so'ng IBF reytingiga ham kiritilgan edi.
Ayni damda, hamyurtimiz o'zi tug'ilib o'sgan Sirdaryo viloyatida bo'lib turibdi.
Fikrlar