07 mar 19:36
Yangiliklar
Boks/MMA

WBA Usikka 24 oy muhlat berdi
WBA ukrainalik Aleksandr Usikka majburiy chempionlik himoyasi uchun 24 oylik muddat berganini elon qildi.
"Qo'mita vaziyatni tahlil qilib, ukrainalik chempionga majburiy himoya uchun 24 oy muddat berishga qaror qildi. Bu unga eng kuchli raqiblarga qarshi jang qilish imkonini beradi", — deyiladi WBA bayonotida.
Usik (23-0) oxirgi marta o'tgan yil dekabr oyida Tayson Fyurini hakamlar qaroriga ko'ra mag'lub etgan edi. Unda WBA kamari bilan birga, WBC va WBO kamarlari ham bor.
Havola :
Manba : WBA
Fikrlar