So’nggi yangiliklar

12:44Фабрицио Романо Карим Бенземанинг келажаги ҳақида инсайд эълон қилди 0 12:08Жокович 20 йилда илк бор "Катта Дубулға" турнири стартидаёқ мағлуб бўлди 0 11:42Жастин Гэтжи: "Иккала қўлим ҳам Топурия билан бўлган жангдан кейин ҳалиям оғрияпти" 0 11:15Муҳаммад Мокаев ACBJJ Лигаси камари учун жанг қилди 0 10:43Бруну Фернандеш Роналдуга етиб олди 0 10:16Конор қўлқопсиз жангларга (bare-knuckle) ўтишни режалаштиряпти 0 09:47Lausanne Grand Slam 2026. Терма жамоамиз 5 та медаль билан 77 давлат орасида нечанчи бўлди? ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 09:24Мозес Итаума нокаутли мағлубиятига илк бор изоҳ берди 0 08:59"Башакшеҳир" ўйиннинг сўнгги дақиқаларида ғалабани қўлдан чиқарди, Шомуродов яна гол урди 0 08:28Забит Магомедшарипов етти йиллик танаффусдан сўнг илк ғалабасини қўлга киритди 0 08:01US Open 2026. Камилла Раҳимова илк даврада дунёнинг 29-ракеткасини таслим этди 0 20:18Таэквондочи қизларимиз Тайюан турнирини 2 та бронза медали билан якунлашди 0 19:47"Милан" Леау "Галатасарой"га ўтганини эълон қилди 0 19:19Бухоро “Uzbekistan Judo Tour” ғолиб ва совриндорлари аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 18:53Рожер Федерер теннис шон-шуҳрат залига киритилди 0

22 jan 08:34
Yangiliklar

Boks/MMA

WBC bir nechta nominaciya bo'yicha 2025 yilning eng yaxshilarini aniqladi (Barcha nominaciya g'oliblari)

Butunjahon boks kengashi (WBC) 2025 yil yakunlari bo'yicha eng yaxshilarni elon qildi.

Eng nufuzli - "Yil bokschisi" nominaciyasida birinchi yarim engil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni, o'tgan yili to'rtta muvaffaqiyatli chempionlik himoya jangini o'tkazgan Naoya Inoue g'olib deb topildi.  

WBC talqini bo'yicha "Yilning eng yaxshi jangi" ikkinchi o'rta vazn toifasida vaqtinchalik chempionlik uchun Kristian Mbilli va Lester Martines o'rtasidagi jang etirof etildi. Ushbu jang 13 sentyabr kuni bo'lib o'tgandi. Ikki istiqbolli va mag'lubiyatsiz bokschilar o'rtasidagi ushbu jangda durang natija qayd etilgan edi.

Superog'ir vaznda WBC, IBF va WBO yo'nalishlari chempioni Aleksandr Usik "Yilning eng yaxshi nokauti" mukofotini qo'lga kiritdi. Ukrainalik bokschi o'tgan yilning iyul oyida Daniel Dyubuaga qarshi mutlaq jahon chempionligi unvoni uchun kechgan jangda britaniyalik raqibini nokautga uchratgandi. 

WBC yilning eng yaxshi murabbiyi sovrinini ikki ota-murabbiylar SHingo Inoue va Freddi Fundora o'rtasida taqsimlashga qaror qildi. SHunisi qiziqki, har ikkala ota ham, murabbiy ham bir emas, birdaniga ikkita farzandini muvaffaqiyatga olib kelishgan. SHingo Inoue mutlaq jahon chempioni Naoy Inoue va WBC chempioni Takuma Inoue, Freddi Fundora esa eng engil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Gabriela Fundora va WBC chempioni Sebastyan Fundoraga murabbiylik qilmoqda.

Aynan Gabriela Fundora WBC tomonidan ayollar o'rtasida "Yilning eng yaxshi bokschisi" sovrinini qo'lga kiritdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing