20 apr 13:15
Yangiliklar

WBC Gran-prisi. Bugun Lazizbek Mullojonovga muxlislik qilamiz
Bugun musobaqa doirasida og'ir vazn toifasidagi bellashuvlar tashkil etiladi. Unda o'zbekistonlik charm-qo'lqop ustasi Lazizbek Mullojonov ringga ko'tariladi.
Dastlabki bosqich doirasida hamyurtimizga Panama vakili Marvin Mendosa raqiblik qiladi.
Malumot uchun, havaskorlar o'rtasida Parij-2024 Olimpiadasi g'olibi bo'lmish Mullojonov prof faoliyati davomida hozirga qadar beshta jang o'tkazib, ularning barchasida g'olib bo'lgan. Mendosa hisobida esa 3 ta g'alaba, 1 ta mag'lubiyat va yana 1 ta durang mavjud.
Boks oqshomi Toshkent vaqti bilan 17:00 dan keyin start olishi belgilangan.
Ilgariroq, mazkur turnir doirasida hamyurtlarimizdan Ayubxon Baxtiyorov va Mujibillo Tursunov o'z janglarida g'alaba qozonishgan bo'lsa, Kamronbek Eshmatov hamda Suxrob Qayumov imkoniyatni boy berishgan edi.
Fikrlar