27 mar 08:39
Yangiliklar
Boks/MMA

WBC prezidenti Bivolning Beterbiev bilan revansh uchun olgan gonorarini aytdi
Butunjahon boks kengashi (WBC) prezidenti Maurisio Suleyman rossiyalik yarim og'ir vazn toifasidagi bokschi Dmitriy Bivolning Artur Beterbiev bilan revansh jangi uchun olgan gonorarini malum qildi.
"U Beterbiev bilan revanshda 2,7 million [dollar] ishlab topdi. Hozir esa unga Benavidesga qarshi jang uchun 8 million taklif qilinmoqda. Bu uning uchun ajoyib imkoniyat. Umid qilamanki, Bivol va Benavides o'zaro ringga chiqishadi", — dedi Suleyman Tha Boxing Voice YouTube-kanaliga bergan intervyusida.
Malumot uchun, Dmitriy Bivol ayni paytda yarimog'ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni hisoblanadi. 28 yoshli Benavides (30-0, 24 KO) esa vaqtinchalik WBC kamari egasiga aylangan.
Havola :
Manba : The Boxing Voice
Fikrlar