16 mar 16:03
Yangiliklar
Boks/MMA
WBC prezidenti Fyuri - Usik jangida 6 nafar hakam ishlashini istayapti
WBC prezidenti Maurisio Suleyman Usik va Fyuri o'rtasidagi superjangda 6 nafar hakam ishlashi tarafdori.
U o'tgan hafta Rey Vargas va Nik Boll o'rtasidagi jangda qayd etilgan durangdan so'ng shunday fikrga kelgan. Jang davomida Vargas ikki marotaba nokdaun holatiga tushib qolgan bo'lsa-da, yakunda durang evaziga kamarini o'zida saqlab qolgandi.
"O'tgan hafta Saudiya Arabistonida ko'rgan ishimiz, boksda hakamlik qanday bo'lishi mumkinligini ko'rsatmoqda. Bir hakamm birinchi bokschiga, boshqa hakam esa ikkinchisiga g'alabani bermoqda. Usik - Fyuri jangidagi bunday hakamlik boksni o'ldiradi", - dedi Suleyman.
Suleyman bu borada WBO, WBA, IBF, shuningdek Fyuri va Usikning jamoasiga peticiya yuborgan.
Havola :
Manba : WBC
Fikrlar