09 fev 15:38
Yangiliklar
WBC rahbari Usik jangini tayinlashga vada berdi
Bu haqda eslatgan WBC tashkiloti prezidenti Maurisio Sulaymon vaqtinchalik chempion Agit Kabaelga qarshi majburiy himoya keyinroq belgilanishi, muddatga ham bir muddat keyin elon qilinishini aytdi.
Usik avvalgi jangini o'tgan yilning iyul oyida o'tkazgandi. Uning qachon va kimga qarshi ringga ko'tarilishi hozircha nomalum. Kabael esa yil boshida vaqtinchalik kamar himoyasini o'tkazdi va nemis tomoshabinlarining katta qiziqishiga sabab bo'ldi.
"Usik ixtiyoriy himoya so'radi va ruxsat oldi, - dedi Sulaymon Sky Sports’ga bergan intervyusida. - Kabael yil boshida Germaniyada kamar himoyasini o'tkazdi, shuning uchun biz Usikning ixtiyoriy himoya bo'yicha rejalarini ko'rishni kutyapmiz. Lekin oxir-oqibat chempion Usikka davogar Kabaelga qarshi jangni tayinlaymiz".
"Oxirgi himoyadan keyin Kabael Germaniyada qahramonga aylandi va bu yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Endi Kabael-Usik jangi Germaniyada ham katta jang sifatida kutib olinadi", - deya qo'shimcha qildi Sulaymon.

Fikrlar